Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar bor. Bu haqda BBC xabar berdi.
24 aprelga o‘tar kechasi Kiyevga Rossiya tomonidan amalga oshirilgan raketa va dron hujumlari oqibatida so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina favqulodda holatlar xizmati xabar berdi.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, 63 kishi jarohat olgan, 42 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ular orasida olti nafar bola bor", deb yozadi Favqulodda holatlar davlat xizmati.
Qutqaruvchilar yashash binolari vayronalaridan odamlarni qidirishni davom ettirayotganini ma’lum qilgan.
"Ayni paytda tundagi hujum oqibatlarini bartaraf etish ishlari poytaxtning beshta tumanida davom etmoqda", deyiladi Favqulodda holatlar davlat xizmati xabarnomasida.