Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy tovarlari AQSh bojlaridan qochish uchun Janubiy Koreya mahsuloti sifatida taqdim etilmoqdami?

Xitoy tovarlari AQSh bojlaridan qochish uchun Janubiy Koreya mahsuloti sifatida taqdim etilmoqdami?

Janubiy Koreyada xorijiy tovarlarni, ayniqsa, Xitoydan kelgan tovarlarni Koreya eksporti sifatida olib chiqishga urinishlar ko‘paygan. Bu AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan tariflarni chetlab o‘tish maqsadida amalga oshirildi, deb xabar beradi Reuters.

Janubiy Koreya bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi chorakda kelib chiqish mamlakatini deklarasiyalash qoidalarini buzish 29,5 milliard vonni (20,81 million AQSh dollari) tashkil etgan. Ushbu qoidabuzarliklarning 97 foizi Qo‘shma Shtatlarga jo‘natilgan yuklar bilan bog‘liq.

Taqqoslash uchun, 2024 yilda bunday qoidabuzarliklar 34,8 milliard vonni tashkil etdi, ularning 62 foizi AQSh bozoriga qaratilgan.

Bojxona xizmatining tergovni rejalashtirish bo‘limi direktori Li Kvanning so‘zlariga ko‘ra, bunday qonunbuzarliklar Trampning birinchi prezidentlik davrida ham tez-tez uchrab turgan.

Ortib borayotgan xavflarni hisobga olgan holda, rasmiylar bu safar dastlabki tergov o‘tkazdilar va noqonuniy eksportning oldini olishga harakat qildilar. Li ta’kidlaganidek, AQSh tariflarini chetlab o‘tishga urinishlar hatto birinchi chorakda ham kuzatilgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 3,3 milliard vonlik akkumulyatorlar uchun katod materiallari Xitoydan olib kelingan va Janubiy Koreya mahsuloti sifatida AQShga jo‘natilgan.

Shuningdek, mart oyida Xitoydan videokuzatuv kameralari bo‘lak-bo‘lak keltirilib, Janubiy Koreyada qayta yig‘ilib, 19,3 milliard von miqdorida eksport qilindi.

Janubiy Koreya bojxona xizmati bunday sxemalarga qarshi kurashish uchun maxsus guruh tuzdi va mahalliy kompaniyalarni himoya qilish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 01:33 24.04.2025. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!