Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) chempion Jaron Ennisga o‘z kamarini Shahram G‘iyosovdan himoya qilishi kerakligi borasida buyruq berdi.
WBA qoidalariga ko‘ra, Ennis 12 aprel kuni Staniosisni mag‘lub etganidan so‘ng 120 kun ichida kamarini Shahram G‘iyosovdan himoya qilishi kerak. Hamyurtimiz bu holatda ikkita kamar uchun o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Jaron Ennis ayni paytda WBA va IBF kamarlari sohibi hisoblanadi. U so‘nggi jangida litvalik Eymantas Stanionisni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Shahram G‘iyosov esa 13 aprel tongida AQShning Nyu-Jersi shtati, Atlantik Siti shahrida o‘tgan professional boks oqshomida argentinalik Franko Maksimiliano Okamponi to‘rtinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.