Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Turk professori: Asosiy zilzila hali oldinda

Turk professori: Asosiy zilzila hali oldinda

Istanbul texnika universiteti zilzilalar bo‘yicha mutaxassisi, professor Naji Go‘rur o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan yangi bayonotida Istanbulda kutilayotgan katta zilzila hali sodir bo‘lmaganini ma’lum qildi.

U Marmar dengizidagi Qumburg‘oz episentri chizig‘i atrofida turli kuchdagi ko‘plab zilzilalar yuz berayotganini, ammo ularning hech biri yirik emasligini ta’kidladi.

"Asosiy zilzila yanada kuchliroq bo‘lib, 7 balldan oshadi. Zilzilalar masalasi shunchalik muhimki, u haqda faqat zilzilalar paytidagina emas, doimo gapirish kerak. Hatto zilzila bo‘lmayotgan paytda ham maslahatlashib, choralar ko‘rish lozim. Avvalo hukumat, so‘ngra mahalliy hokimiyatlar va xalq birgalikda shaharni zilzilaga tayyorlashi zarur. Shaharni zilzilaga tayyorlash — bu shunchaki shaharni o‘zgartirish yoki yangi binolar qurish degani emas. Zilzilaga bardoshli shahar barpo etish esa mutlaqo boshqa masala," - dedi Naji Go‘rur.

Kiritildi: 21:03 23.04.2025. O'qildi: 1580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!