Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Poroshenko, Kolomoyskiy va Medvedchukka qarshi sanksiyalar kiritishni ma’qulladi

Zelenskiy Poroshenko, Kolomoyskiy va Medvedchukka qarshi sanksiyalar kiritishni ma’qulladi

Ukraina prezidenti Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 12 fevraldagi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi.

Shuningdek, milliarder Konstantin Jevago va “Privatbank”ning sobiq egasi Gennadiy Bogolyubov ham sanksiyalar ro‘yxatidan joy oldi.

Avvalroq Forbes Ukraine nashri manbalariga tayanib, Ukrainaning sobiq prezidenti va tadbirkor Petro Poroshenkoga qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar bergan edi.

2022 yilda almashinuv doirasida Rossiyaga topshirilgan Viktor Medvedchuk Ukrainada davlatga xiyonat qilishda ayblanmoqda. Igor Kolomoyskiy 2023 yil sentyabr oyidan beri firibgarlikda gumonlanib, Ukrainada hibsda saqlanmoqda. Kolomoyskiy 2024 yil may oyida qasddan qotillik qilishda ayblangan.

Konstantin Jevagoga qarshi “Finansi i kredit” bankining bankrotligi bo‘yicha ish ko‘rib chiqilmoqda, u 2022 yil dekabr oyida Fransiyada hibsga olingan, ammo keyinchalik garov evaziga qo‘yib yuborilgan edi. Konstantin Bogolyubov davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilinmoqda.

Kiritildi: 17:40 13.02.2025. O'qildi: 1237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!