Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

"Manchester Siti" Abduqodir Husanov uchun juda katta mablag‘ sarflaydi

A A A
"Manchester Siti" Abduqodir Husanov uchun juda katta mablag‘ sarflaydi

"Lans" markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga o‘tishga bir qadam qoldi.

Payshanba kuni "shaharliklar" o‘zbekistonlik futbolchi uchun Fransiya klubiga rasmiy taklif bilan chiqishdi. Jurnalist Patrik Bergerning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvning umumiy qiymati bonuslar bilan birga 50 million yevro atrofida. "Lans" transferni tasdiqlash arafasida.

Abduqodir Husanov joriy mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali ekspertlari 20 yoshli markaziy himoyachining narxini 12 million yevroga baholamoqda. Futbolchining "Lans" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 09:35 10.01.2025. O'qildi: 2817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!