Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Suv narxi 2 barobar qimmatladi(mi)?

A A A
Suv narxi 2 barobar qimmatladi(mi)?

O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish to‘g‘risida”gi Qonuni, Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 sentyabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investisiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ-171-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining 2023 yil 19 sentyabrdagi «Viloyatda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlar (tariflar)ni tasdiqlash to‘g‘risida» VI-53-179-1-0-K/23 – sonli qaroriga asosan 2023 yil 19 sentyabrdan Andijon viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda: "O‘zbekistonda ertadan ichimlik va oqova suv narxlari 2 barobar qimmatlaydi. Jumladan, ichimlik suvi narxlari (1 metr kub) aholi uchun hozir 750 so‘mdan 1500 so‘mgacha ko‘tariladi", mazmunida tarqatilayotgan xabarlar asossiz hisoblanib, ichimlik va oqova suv narxlari hozircha faqat Andijon viloyatida oshirilishi belgilangan va qaror e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 12:52 20.09.2023. O'qildi: 4340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!