Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Ukraina — Putinning bosqinchilik rejalarining faqat boshlanishi"

"Ukraina — Putinning bosqinchilik rejalarining faqat boshlanishi"

Germaniya kansleri Fridrix Mersning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “imperialistik rejasi” Ukrainani bosib olish bilan tugamaydi.

"Biz har kuni Rossiyaning tobora kuchayib borayotgan gibrid hujumlariga, jumladan, infratuzilmamizga qaratilgan xurujlariga duch kelmoqdamiz. Moskva qoidalar asosidagi tartibni hamda Yevropadagi tinchlik arxitekturasini buzdi. Hozirda Germaniya oldida yangi xavfsizlik arxitekturasini yaratish kabi tarixiy vazifalar turibdi. Bu tizim bir necha o‘n yillar davomida barqaror ishlashi lozim", — deya ta’kidladi kansler.

"Biz “liberal jahon tartibi” deb ataydigan tamoyil bugun ko‘plab yo‘nalishlarda, jumladan, G‘arb ichida ham siyosiy bosim ostida qolmoqda" — dedi Mers.

Shuningdek, u yaqin yillarda Germaniyaning AQSh va Xitoy bilan munosabatlari o‘zgarishini aytdi. "AQSh o‘z manfaatlarini qayta ko‘rib chiqmoqda, bu jarayon so‘nggi kunlarda emas, ancha oldin boshlangan. Biz Yevropada ham o‘z manfaatlarimizni qayta ko‘rib chiqishimiz zarur", — dedi Germaniya hukumati rahbari.

Bundan tashqari, Mers yangi savdo tizimini yaratish, xomashyo va savdo zanjirlarini diversifikasiya qilish zarurligini ta’kidladi. Xitoy bilan munosabatlarda esa u xavfsizlikka yanada ko‘proq yo‘naltirilgan siyosat yuritishga chaqirdi.

Kiritildi: 23:10 08.09.2025. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!