Fransiyaning “PSJ” klubi Madridning “Real” klubi hujumchi Kilian Mbappening transferi borasida kelishib oldi, deya xabar bermoqda Goal.com nashri taniqli ispan jurnalisti Rodrigo Fayesga tayanib.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Fransiya termasining yulduzi ispan grandi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Parijliklar rahbariyati futbolchi transferini kelishib, kelasi yozda, Kilianning shartnomasi tugashi bilan uni tekinga yo‘qotmaslik uchun yon berishga majbur bo‘ldi.
Kilian Mbappe "Real" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi. Bundan tashqari, jurnalistning ta’kidlashicha, Mbappe Madrid klubidagi debyutini 12 avgust kuni Ispaniya La Ligasining 1-turida "Atletiko Bilbao" bilan o‘yinda o‘tkazishi mumkin.