Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy muloqot kanallarini tiklashga intiladi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining Hind va Tinch okeani mintaqalari ishlari bo‘yicha koordinatori Kurt Kempbell ma’lum qildi.
“Biz Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy uchun kutilmagan vaziyatlar to‘plami yoki har qanday voqea yoki baxtsiz hodisa yuz berganda samarali muloqotni ta’minlaydigan amaliy qadamlar qo‘yish muhim deb hisoblaymiz”, — deyiladi TASS xabarida.
Kempbellning qo‘shimcha qilishicha, Vashington xitoylik harbiylarga “bu muhim bo‘lgan sabablarni, ayniqsa harbiy kuchlarimiz amaliyotlarda bir-biriga yaqinlashib borayotgan bir paytda” yetkazishda davom etadi.