Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Santos» hujumchisi Neymarga 2026 yilgi jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun jismoniy holatini yaxshilashi zarurligini aytdi.
«Neymar to‘g‘ri yo‘lda. U shu tarzda davom etishi va formasini yanada yaxshilashi kerak. U o‘z formasini 100% darajaga yetkaza oladi. Men buni bir necha marta aytganman va bu juda aniq: men faqat jismonan tayyor bo‘lgan futbolchilarni chaqiraman.
Tizza jarohatidan keyin Neymar yaxshi tiklandi va gollar urmoqda», — deya Anchelotti so‘zlarini L'Équipe keltiradi.
Fevral oyi o‘rtalarida 34 yoshli hujumchi tizza jarohatidan tiklangan edi.