Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Levandovski "Barselona"ning umumiy guruhida mashg‘ulot o‘tkazmayapti, uning taqdimoti qoldirildi

A A A
Levandovski "Barselona"ning umumiy guruhida mashg‘ulot o‘tkazmayapti, uning taqdimoti qoldirildi

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski AQShdagi mavsumoldi yig‘ini doirasidagi jamoaning ochiq mashg‘ulotida qatnashmadi. 33 yoshli futbolchi sport zalida yakka tartibda ishlagan. Polshalik hujumchining "Inter Mayami" bilan o‘ynay oladimi yoki yo‘qmi (20 iyul) noma’lum. Bugun, 19 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Robertning "Barselona"ning yangi futbolchisi sifatidagi taqdimoti ham qoldirildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

33 yoshli Levandovskining "Bavariya"dan "Barselona"ga o‘tishi bir necha kun oldin e’lon qilingan edi. Forvard yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va uning transferi “Barselona”ga 45 million yevroga tushdi (Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra).

Kiritildi: 15:14 19.07.2022. O'qildi: 2654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!