Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Portsmut universiteti O‘zbekiston bilan tibbiy ta’lim sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor

A A A
Portsmut universiteti O‘zbekiston bilan tibbiy ta’lim sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida 2021 yilning 16 dekabr kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti (TDSI) rahbariyati Buyuk Britaniyaning yetakchi ta’lim muassasalari biri - Portsmut universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti direktori mister Joy Xoll va Fan va sog‘liqni saqlash fakultetining global hamkorlik bo‘yicha dekan o‘rinbosari mister Neil Veston bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Britaniya tomoniga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, mamlakatimizda tibbiy xizmat ko‘rsatish va tibbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va modernizasiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar TDSI professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish bo‘yicha, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘sh diplom dasturlarini tashkil etish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va stomatologiya sohasida ilmiy tadqiqot natijalarin O‘zbekiston Respublikasida nashr yetishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Suhbatdoshlar Portsmut universitetining ta’lim sifati standartlari asosida stomatologiya va yuz-jag‘ sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash loyihasini kelgusida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Portsmut universiteti vakillari respublikaning tibbiyot kadrlarini tayyorlash sohasidagi salohiyati bilan tanishish va aniq loyihalarni birgalikda ishlab chiqish uchun 2022-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etildi.

Portsmut universiteti (1870-yilda asos solingan) Buyuk Britaniyaning “Times Higher Education World University Rankings”da oltin reytingini olgan davlat universitetidir. Times Higher Education World University Rankings ma’lumotlariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi 500 ta universitetlari qatoriga kiradi. Universitet 200 dan ortiq bakalavriat va 150 ta daraja dasturlari hamda 65 ta tadqiqot dasturlarini taklif etadi. Universitetda 80 ga yaqin ilmiy markazlar mavjud.

Kiritildi: 16:54 19.12.2021. O'qildi: 2322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!