Angrendagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida ko‘p yillardan buyon saqlanib kelinayotgan Yak-40 samolyot modeli 2 yanvar kuni oqshomda yonib ketgan. Yong‘in sabablari noma’lum, u haqda shu vaqtgacha biror rasmiy axborot berilmagan.
O‘zbekiston iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi va O‘zAning joylardagi vakillari birgalikda hududlardagi gaz quyish shoxobchalarida metan gazni narxini o‘rganmoqda.
Zeromax kompaniyasining sobiq ijrochi direktori Mirodil Jalolov joriy yil 8 yanvar kuni DXX tergov izoyatoridan ozod qilindi va shu kunning o‘zida Toshkentdagi uyiga qaytdi.
2019 yil 5 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi G. D. mast holda qo‘shnisi M.P.ning uyida u bilan o‘zaro janjallashib, uning bosh va badanining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan
Joriy yilning 5 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida mast erkak o‘z qo‘shnisini do‘pposlagan.
Joriy yilning 7 yanvar kuni Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yashovchi G.I. (isml ayol) mast holda uyida o‘zaro janjal sabab mehmonda bo‘lgan tanishi J.B.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
3 yanvar kuni Toshkent shahridagi uyidan Matiz mashinasida chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 26 yashar yigit sog‘-omon topildi.
2018 yil 27 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Lola ko‘chasida yashovchi S.K. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, 2018 yil 26 dekabr kuni birga yashovchi o‘g‘li 27 yoshli F.K. “Spark” rusumli avtomashinani Chilonzor 7-dahadan noma’lum tomonga haydab ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan edi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati(OKMK) misni boyituvchi yangi fabrika qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Xalq so‘zi onlayn" xabar berdi.
O‘tgan oqshom Toshkentdagi Avliyo-Uspensk soboriga Rojdestvo ibodatini amalga oshirish uchun besh mingdan ortiq mahalliy pravoslav nasroniylar jamlanishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Toshkentdagi «Aviasozlar dehqon bozori» («Kadisheva») bozori negizida savdo-maishiy markaz quriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ilovasida aytilgan.
4 yanvar kuni soat 17.50 da 102 raqamiga 26 yoshli Jo‘rayev Behruz Temurovichning onasi qo‘ng‘iroq qildi. Arizachining xabar berishicha, uning o‘g‘li 3 yanvar kuni taxminan soat 15.00 da oq rangli “Matiz” rusumli (davlat raqami 01 W 914 QA) avtomobilda uydan chiqib, qaytib kelmadi. Jurayev B.ning onasining so‘zlariga qaraganda, Behruzning qo‘l telefoni bo‘lmagan.