Mashhur bo‘lishga intilgan blogerlarning noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga tayanib Uz24 xabar qildi.
Shu yil 5 yanvar kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan “Apollo Farm Trayd” xususiy korxonasiga qarashli omborxonaga deraza o‘rnida bo‘lgan gipsokarton devorini buzib kirgan.
2019 yil 4 yanvar kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Buxoro ko‘chasida yashovchi I.A. (ismli ayol) Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Oloy” bozori hududida fuqaro M.N. (ismli ayol)ga zargarlik buyumlarini sotib olishini aytib, aldov yo‘li bilan undan umumiy qiymati 13500 AQSh dollari bo‘lgan zargarlik buyumlarini olgan.
Internetda Artemiy Lebedev studiyasi yaratgan Toshkentning yangi logotipi aks etgan foto-surat paydo bo‘ldi.
2019 yil 11 yanvar kuni Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Ipak yo‘li ko‘chasida yashovchi D.S. ismli fuqaro shu ko‘chada 2 kg. 645,8 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Yangi yil tantanalari munosabati bilan ayrim ko‘chalarda qatnovlar cheklangan edi. O‘sha paytda svetoforlar ham o‘chirildi, aniqrog‘i doimiy sariq chiroq yona boshladi.
Toshkentda "qora bozor"da dollarni 8470 so‘mdan sotgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.
2019 yil 10 yanvar kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Chilonzor tuman Beshqo‘rg‘on 6-tor ko‘chasida yashovchi M.I. (ismli ayol)ning uyi oldidan 8 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketgan.
2018 yil dekabr oyida Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy nazorat Xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi 31-maktabning pedagog xodimlarini obunaga majburlanayotganlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar qildi.
2019 yil 14 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashagan Ye.P. (ismli ayol)ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Internet tarmog‘ida yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun to‘xtatilgan haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlari aks etgan video tarqaldi. Aslida ushbu videoda tasvirlangan hodisa 2017 yil yanvarida ro‘y bergan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida U.I. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.