Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Olmaliqda yangi noyob fabrika quriladi

A A A
Olmaliqda yangi noyob fabrika quriladi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati(OKMK) misni boyituvchi yangi fabrika qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xalq so‘zi onlayn xabar berdi.

Yangi sanoat ob’ekti loyihasi Rossiyaning TOMS ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilyapti. Uni 2022 yilga kelib ishga tushirish rejalashtirilgan.

Yangi fabrikaning o‘ziga xosligi shundaki, u yerda foydali qazilmalarni boyitishning oqilona sxemalaridan foydalaniladi. Bu esa mis, molibden va oltin kabi tovar mahsulotlari chiqarilishini ko‘paytirish imkonini beradi. Shuningdek, Rossiya tomoni oksidlangan rudalar, toshqol va foydali qazilmani qayta ishlashdan qoladigan chiqindilarni qayta ishlash imkoniyatini ham ko‘rib chiqishi lozim. Bu mis va oltin ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beradi , - deyiladi xabarda.

O‘z navbatida TOMS kelgusi yildan hozirda faoliyat yuritib kelayotgan ikkita misni boyitish fabrikasini modernizasiya qilish ishlariga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, OKMKning ishonchli boshqaruvini amalga oshirib kelayotganSFI Management Group kompaniyasi joriy yildan boshlab kombinatni rivojlantirish dasturi doirasida 180 million dollar investisiya jalb etishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, TOMS oxirgi o‘n yilda Rossiyadagi 30 dan ortiq tog‘-boyitish fabrikalari loyihasini ishlab chiqqan. Bu esa Rossiyada yiliga oltin qazib olish hajmini 6 tonnaga oshirish imkonini bergan.

Mazkur institutning shu kunlarda amalga oshirayotgan loyihalaridan biri Baykalbo‘yi o‘lkasidagi hali ishlov berilmagan Udokan mis konini tadqiq etish va shu bo‘yicha texnologiyalar ishlab chiqish bilan bog‘liq. Ushbu kon o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyodagi eng yirik zaxiralardan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 16:34 07.01.2019. O'qildi: 1579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik