Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Angrenda samolyot yonib ketdi

A A A
Angrenda samolyot yonib ketdi

Angrendagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida ko‘p yillardan buyon saqlanib kelinayotgan Yak-40 samolyot modeli 2 yanvar kuni oqshomda yonib ketgan. Yong‘in sabablari noma’lum, u haqda shu vaqtgacha biror rasmiy axborot berilmagan.

Ma’lumot uchun, foydalanuvdan chiqarilgan Yak-40 samolyoti modellarini O‘zbekistondagi parklar, odamlar gavjum joylarda uchratish mumkin. Masalan, Andijonda Yak-40ning modeli ostida ishlaydigan kafe bor, yana bir shunday samolyot Qarshidagi Vatanparvarlar bog‘iga o‘rnatilgan.

Kiritildi: 16:07 09.01.2019. O'qildi: 2355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik