3 yanvar kuni Toshkent shahridagi uyidan Matiz mashinasida chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 26 yashar yigit sog‘-omon topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Behro‘z Jo‘rayev 7 yanvar kuni soat 21:50 atrofida Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi Ko‘hinur mahallasidan topilgan.
Yigit va uning avtomobiliga hech qanday shikast yetmagani bildirilmoqda.