Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

26 yoshli toshkentlik yigit qidirilmoqda

A A A
26 yoshli toshkentlik yigit qidirilmoqda

4 yanvar kuni soat 17.50 da 102 raqamiga 26 yoshli Jo‘rayev Behruz Temurovichning onasi qo‘ng‘iroq qildi. Arizachining xabar berishicha, uning o‘g‘li 3 yanvar kuni taxminan soat 15.00 da oq rangli Matiz rusumli (davlat raqami 01 W 914 QA) avtomobilda uydan chiqib, qaytib kelmadi. Jurayev B.ning onasining so‘zlariga qaraganda, Behruzning qo‘l telefoni bo‘lmagan.

Qidiruv tadbirlari davomida kuzatuv kameralari orqali aniq bo‘lishicha, 3 yanvar kuni soat 20.10 da Behruzning avtomobilining davlat raqamiga ega bo‘lgan avtomashina Mineral suvlar blokpostidan Toshkent viloyati tomonga o‘tib ketgan. Yigitning qidiruvi davom etmoqda.

Behruzning belgilari: bo‘yi 170-175 sm., sochlari, ko‘zlari va qoshlari qora, tana tuzilishi ozg‘inroq.

Kiyimi: jigar rang kurtka, sarg‘ish bryuk va shapka, oq rangli krossovka.

Toshkent IIBB Jo‘rayev B.ni yoki yuqorida keltirilgan davlat raqamiga ega avtomobilni ko‘rganlarni +998 99 871 46 42 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishlarini so‘ragan.

Kiritildi: 11:35 07.01.2019. O'qildi: 2177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik