Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining 04.03.2019 yilda respublikadagi ko‘zga ko‘ringan tashkilotlardan hisoblangan Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati foydasiga qaror qabul qilishi natijasida MIB Navoiy shahar bo‘limiga Navoiy viloyat “Suvoqava” davlat unitar korxonasidan 1 mlrd. 238 mln. 003 ming. 662 so‘m miqdoridagi qarz undirish to‘g‘risidagi ijro varaqa kilib tushadi.
18 iyul kuni Navoiy viloyatida eshak go‘shti sotgan uddaburon tadbirkor qo‘lga tushdi.
Ayni damlarda O‘zbekiston OTMlariga hujjat qabul qilish qizg‘in pallaga kirdi. Abituriyentlar soni har qachongidan ko‘p bo‘lgani sabab bu yil hujjat qabul qilishda uzun navbatlar hosil bo‘lmoqda.
2019 yil 8 iyul kuni Navoiy shahrida yashovchi 40 yoshli J.N. respublikamiz huquqni muhofaza qiluvchi organiga murojaat qilib, unda Navbahor tumanida yashovchi 50 yoshli A.X. va Qiziltepa tumanida yashovchi 55 yoshli R.YA.lar unga “2019 yil Obod qishloq” Davlat dasturiga asosan Konimex tumani Ko‘kcha massivida qurilishi rejalashtirilgan 4 ta qurilish ob’ektlari uchun Konimex tuman xokimi nomidan kafolat xati olib berish evaziga undan 50 000 AQSh dollari talab qilayotganliklarini ma’lum qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtofalokat aks etgan video tarqaldi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Navoiy shahar jamiyatiga “Sputnik” qo‘rg‘oni Pushkin ko‘chasi 4-51 xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Dilrabo Po‘latova yozma murojaat qilgan.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan 2019 yil 18 mayda “O‘ztransgaz” AJ Navoiy viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialiga tabiiy gaz uchun to‘lab berilgan ortiqcha to‘lovlarni qaytarish yuzasidan kiritilgan taqdimnomaga asosan, 35 nafar fuqaroga jami 10,7 million so‘mlik pul mablag‘lari undirib berildi.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida 2019 yil 29 iyunda fuqarolarning murojaati asosida «Navoiy shahrida (!) soatlab chiroq o‘chmoqda. Aholi bu holatga rasmiy izoh berilmayotganidan tashvishda» sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Ushbu maqolaga «Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ bosh direktori nomidan rasmiy javob keldi. Quyida uni to‘liqligicha e’lon qilamiz:
1990 yilda tug‘ilgan fuqaro F.S. joriy yilning 28 iyun kuni soat 0800 lar atrofida Karmana tumani, “Shibzon” MFYda istiqomat qiluvchi qudacining hovlisiga kelib, to‘rt kun muqaddam, ya’ni 24 iyun kuni o‘z joniga qasd qilgan singlisining o‘limiga ular sababchi bo‘lganligini iddao qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 22 iyun kuni vaqtincha Navoiy shahar Hosil dala hovlida yashovchi 58 yoshli I.G. IIBga murojaat qilib, shu yil 17 iyun kuni noma’lum shaxs uning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, 43 000 AQSh dollari va 67 mln. so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida «Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.