Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistondagi shaharlar soni yana bittaga ko‘payadi

O‘zbekistondagi shaharlar soni yana bittaga ko‘payadi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida «Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri va  Nurota tumanining chegaralari o‘zgarishi hamda G‘ozg‘on shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Navoiy viloyati bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish maqsadida quyidagilar belgilandi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining «Navoiy viloyati Nurota tumani G‘ozg‘on shaharchasini G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirish, G‘ozg‘on shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida» 2019 yil 2 maydagi 2491-III-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining «Navoiy viloyati Nurota tumani G‘ozg‘on shaharchasini G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirish, G‘ozg‘on shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida» 2019 yil 3 maydagi SQ-419-SH-son qarorlari ma’lumot uchun qabul qilindi;

Navoiy viloyati tarkibida viloyatga bo‘ysunuvchi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etiladi.Tashkil etilgan shahar hokimlik boshqaruv apparatining tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq belgilanadi;

Navoiy viloyati tarkibida viloyatga bo‘ysunuvchi G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi tasdiqlandi.

Respublika komissiyasi o‘n kun muddatda Navoiy viloyati tarkibida viloyatga bo‘ysunuvchi G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish bilan bog‘liq zarur tashkiliy texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlaydi;

bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda G‘ozg‘on shahri byudjetining va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilaydi;

Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda G‘ozg‘on shahrini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlaydi;

Navoiy viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahrini tashkil etilishi munosabati bilan yangidan tashkil etilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalarini ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek Nurota tumanidagi mavjud shtatlarning qisqarishi natijasida bo‘shab qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;

bir oy muddatda Navoiy viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlari boshqarish agentligi bilan birgalikda G‘ozg‘on shahar hokimligi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining Navoiy viloyati tarkibida viloyatga bo‘ysunuvchi G‘ozg‘on shahridagi bo‘linmalarini zarur bino va inshootlar hamda moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining Navoiy viloyati tarkibida viloyatga bo‘ysunuvchi G‘ozg‘on shahridagi bo‘linmalarining ro‘yxati hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Navoiy viloyati tarkibida viloyatga bo‘ysunuvchi G‘ozg‘on shahrida joylashgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining boshqaruv xodimlaridan tashqari xodimlarning cheklangan soniga qo‘shimcha shtat birliklarini kiritilishi vazirlik va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda yuritishda tashkil etilayotgan G‘ozg‘on shahrining ma’muriy hududlarini inobatga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Navoiy viloyati hokimligiga bo‘ysunuvchi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etilishi natijasida ma’muriy hududiy chegaralari o‘zgarganligi munosabati bilan belgilangan tartibda yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda tashkil etilayotgan viloyatga bo‘ysunuvchi G‘ozg‘on shaharlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda G‘ozg‘on shahrida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralarini, Davlat xizmatlari markazlarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqib, tegishli tadbirlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Kiritildi: 15:35 20.06.2019. O'qildi: 1961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!