Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Kafolat xati uchun 50 000 AQSh dollari talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Kafolat xati uchun 50 000 AQSh dollari talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi

2019 yil 8 iyul kuni Navoiy shahrida yashovchi 40 yoshli J.N. respublikamiz huquqni muhofaza qiluvchi organiga murojaat qilib, unda Navbahor tumanida yashovchi 50 yoshli A.X. va Qiziltepa tumanida yashovchi 55 yoshli R.YA.lar unga “2019 yil Obod qishloq” Davlat dasturiga asosan Konimex tumani Ko‘kcha massivida qurilishi rejalashtirilgan 4 ta qurilish  ob’ektlari uchun Konimex tuman xokimi nomidan kafolat xati olib berish evaziga undan 50 000 AQSh dollari talab qilayotganliklarini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, mazkur murojaat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida A.X. va R.YA.lar Navoiy shahrida joylashgan “Tojmaxal” kafesida J.N.dan 50 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtlarida ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.         

 

Kiritildi: 11:39 13.07.2019. O'qildi: 1681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!