Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Artel kondisioneri yaroqsiz chiqdi

Artel kondisioneri yaroqsiz chiqdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Navoiy shahar jamiyatiga “Sputnik” qo‘rg‘oni Pushkin ko‘chasi 4-51 xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Dilrabo Po‘latova yozma murojaat qilgan.

Fuqaro arizasida 2019 yil 25 iyun kuni yozning jazirama issiq kunlarida malham bo‘ladi deb yaxshi niyatda 2 650 000 so‘mga sotib olgan “ARTEL” kondisioneri usta tomonidan o‘rnatilayotgan vaqtda shikastlanib yaroqsiz holga kelib qolganidan noroziligini bildirgan.

Ushbu murojaat Federasiyaning Navoiy shahar mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada, iste’molchi haqiqatdan ham haq ekanligi, kondisioner o‘rnatilish jarayonida shikastlangani va yaroqsiz holda ekanligi kuzatildi. Shundan so‘ng iste’molchiga yetkazilgan zarar usta tomonidan qoplanishiga va iste’molchining istagiga ko‘ra, yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Shu yilning 26 iyun sanasida Federasiyaning Navoiy viloyat hududiy birlashmasiga yana bir murojaat kelib tushdi. Karmana tumani “Bog‘i shamol” MFY da yashovchi fuqaro Umida Qudratova Navoiy shahrida joylashgan savdo do‘konidan 2 700 000 so‘mga sotib olgan gaz plitasi nosoz chiqqanidan noroziligini bildirgan.

Federasiyaning Navoiy shahar mutaxassislari vaziyatni zudlik bilan o‘rganib chiqdi va iste’molchi haq ekanligi o‘z isbotini topdi. Shundan keyin iste’molchiga uning talabiga ko‘ra, gaz plitasi uchun to‘lagan 2 700 000 so‘m pul mablag‘i qaytarilishiga erishildi.

Kiritildi: 10:34 05.07.2019. O'qildi: 2526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!