Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qarzdorlik bartaraf etildi

Qarzdorlik bartaraf etildi

Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining 04.03.2019 yilda respublikadagi ko‘zga ko‘ringan tashkilotlardan hisoblangan Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati foydasiga qaror qabul qilishi natijasida MIB Navoiy shahar bo‘limiga Navoiy viloyat “Suvoqava” davlat unitar korxonasidan 1 mlrd. 238 mln. 003 ming. 662 so‘m miqdoridagi qarz undirish to‘g‘risidagi ijro varaqa kilib tushadi.

Kelib tushgan ijro varaqalarning belgilangan muddatlarda va to‘liq ijro qilinishi ustidan nazoratni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan bo‘lim davlat ijrochilari mazkur pullarni undiruvchining foydasiga undirib berish maqsadida ijro harakatlarini belgilab olishadi. Belgilangan ijro harakatlari samarali olib borilishi natijasida qarz summasi undirildi va undiruvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkazilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 19:12 26.07.2019. O'qildi: 1518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!