Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Singlisi uchun o‘ch olmoqchi bo‘lgan qashqadaryolik erkak qudasi va uning qizini o‘ldirdi

Singlisi uchun o‘ch olmoqchi bo‘lgan qashqadaryolik erkak qudasi va uning qizini o‘ldirdi

1990 yilda tug‘ilgan fuqaro F.S. joriy yilning 28 iyun kuni soat 0800 lar atrofida Karmana tumani, “Shibzon” MFYda istiqomat qiluvchi qudacining hovlisiga kelib, to‘rt kun muqaddam, ya’ni 24 iyun kuni o‘z joniga qasd qilgan singlisining o‘limiga ular sababchi bo‘lganligini iddao qiladi. Tortishuvlardan so‘ng fuqaro F.S. xonadon egasi hamda uning ikki nafar qiziga o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan ularning tanasining turli joylariga tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashirinadi.

Olingan og‘ir tan jarohatlari natijasida xonadon egasi voqea joyida, uning bir nafar qizi esa shifoxonaga olib borilayotganida yo‘lda vafot etadi. Uchinchi jabrlanuvchi esa hozirda Karmana tumani tibbiyot birlashmasining “jonlantirish” bo‘limiga yotqizilgan.

– Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qotillik jinoyatini sodir etgan shaxsning singlisi ikki oy oldin mazkur xonadonga kelin bo‘lib tushgan. – deydi Karmana tuman IIB huzuridagi TB katta tergovchisi B. Hamdamov. – Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida joylashgan harbiy qismda faoliyat olib borayotgan kuyov to‘ydan so‘ng kelin bilan mazkur tumanda ijaraga uy olib, birga yashashgan. Ta’kidlanganidek, hodisadan to‘rt kun avval kelin ushbu ijara uyida o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan bugungi kunda Koson tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.

28 iyun kuni sodir bo‘lgan mudhish qotillik yuzasidan esa Karmana tuman prokurori tomonidan fuqaro F.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

“Xalq so‘zi” gazetasining “xs.uz” internet nashrining ma’lum qilishicha, olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida gumon qilinuvchi ushlanib, unga himoyachi ishtirokida himoyaga bo‘lgan huquqlari tushuntirilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Kiritildi: 13:23 01.07.2019. O'qildi: 2517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!