Бугун 23 май, 2026 йил, шанба

O'ZB

“Ўзбек футболи нималарга қодир эканини бутун дунёга кўрсатиб қўйинг!” — Саида Мирзиёева

“Ўзбек футболи нималарга қодир эканини бутун дунёга кўрсатиб қўйинг!” — Саида Мирзиёева

Kecha Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdilar. Biz ham o‘g‘lim bilan ushbu quvonchli lahzalarda ularga hamroh bo‘ldik. Yuraklar his-hayajoniga to‘lib toshgan, chunki bu butun O‘zbekiston uchun chinakam tarixiy voqea — mamlakatimiz ilk bor jahonning eng nufuzli musobaqasida qatnashadi.

O‘g‘limning ko‘zlarida — quvonch va faxr. Qo‘lida — qahramonlarimiz dastxati tushirilgan to‘p, endi uni bebaho xazinadek asraydi. Qalbida bo‘lsa milliy jamoamizga bo‘lgan ishonch.

Yigitlar, siz allaqachon ulkan marrani zabt etdingiz — xalqimiz qalbida orzu va ishonch uyg‘otdingiz. Endi esa o‘zbek futboli nimalarga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ying. Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang. Bugun ko‘cha changitib to‘p tepayotgan, bir kun kelib milliy terma jamoa libosini kiyishni orzu qilayotgan har bir bolakay uchun o‘ynang. Biz sizga ishonamiz. Butun mamlakat sizga ishonadi. Prezidentimiz sizga ishonadi.

Olg‘a, O‘zbekiston

Киритилди: Бугун 15:01. Ўқилди: 348 марта. Фикрлар сони: 0 та.
telegram channel

Бўлимга тегишли қизиқарли хабарлар

Энг кўп ўқилган янгиликлар

Фикр билдириш учун қайдномадан ўтишингиз сўралади ва телефон ракамни тасдиклаш керак булади!