Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 iyul kuni Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi.
Turkiyaning G‘oziyantep viloyati Shahidkomil tumani hokimligida farrosh bo‘lib ishlaydigan Mehmet Kochaslon zinalarni tozalayotib topib olgan bir dasta pulni egasiga qaytarib berdi.
Tojikistonlik Muhsini Zikrullo Til va atamashunoslik qo‘mitasiga murojaat qilib, mamlakat nomini prezident Imomali Rahmon sharafiga Rahmon Tojikistoni deb atashni taklif qildi. Bu haqda “Axbor” nashri xabar bermoqda.
Amerikaliklarning aksariyati AQSh prezidenti Donald Trampning Xelskinkida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan sammitdagi xatti-harakatini ma’qullamayapti. CBS Newstomonidan har ikki yetakchining Finlyandiyadagi uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan darak bermoqda.
Avvalroq Samarqand shahridagi xususiy tug‘ruqxonalarning birida muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlar sotilgan, sotishga to‘g‘ri kelmaganlari qarovsiz qoldirilib, ularni yashirin ravishda yo‘q qilishgani haqida xabar bergan edik.
Maktabgacha ta’lim vazirligida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy-axborot kanali ma’lum qildi.
Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat Toshkent shahri yer usti metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi.
Internet orqali aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzalarni tinglagan va ularni tarqatgan Boks bo‘yicha qator musoboqalar g‘olibiga nisbatan sudda hukm o‘qildi.
20 iyul, juma kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Belarusning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
21 iyul, shanba kuni Respublikaning barcha hududlarida qanday ob-havo kuzatilishiga oid ma’lumotlar bilan tanishing.
Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda guruch narxi 36,5 foizga oshdi. Bu eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri, masalan, mol go‘shti 17,6%, baliq 24%, sut 6%ga qimmatlashdi.
Qashqadaryolik har bir muxlis, hatto katta-kichik tashkilot rahbarlari sportni, ayniqsa, futbolni chindan sevishadi.
O‘zbekiston Tojikiston ta’lim va tibbiyot sohalarining rivojlanishiga e’tibor qaratmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 9 nafar onalar o‘limi qayd etildi. Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ellik to‘rtinchi sessiyasida viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A. Jo‘rayev ma’lum qildi.
Rossiyaning Orenburg viloyati Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini nazorat qilish qo‘mitasi O‘zbekiston va Qozog‘istondan olib kelinayotgan 400 tonna poliz mahsulotlarini mamlakat hududiga kiritmadi.
Rossiya Bosh prokuraturasi tomonidan AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klintonga pul o‘tkazib berishda ayblangan, Hermitage Capital fondi rahbari Uilyam Brauderning ma’lum qilishicha, uni Rossiya tomoniga topshirishlari hayoti uchun tahdid uyg‘otishi mumkin.
Meksikaning Xalisko shtatida yashirin qabrdan olti jasad topilgan. Bu haqda shtat prokurori Raul Sanches ma’lum qilgan.
Joriy yilning 25 avgustiga qadar Toshkent shahri ramzi — gerbini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida aytildi.
Misr 2032 yilgi olimpiada o‘yinlari, shuningdek, 2030 yoki 2034 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin. Bu haqda Islam-today xabar tarqatdi.
Appthority kompaniyasining kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislari korporativ mijozlarga tahdid qiluvchi eng xavfli mobil ilovalar ro‘yxatini e’lon qilishdi.
Joriy yilning 8 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi S.A. IIBga murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Bundan o‘n yillar muqaddam o‘zbek kinosida o‘zining yodda qolarli rollari bilan ko‘pchilikka tanilgan Diana Yagofarova yana OAVda ko‘rinish berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, to‘y kuni belgilangan, xonandalarning barchasi bilan shartnomalar tuzilib, to‘lovlar to‘lanib bo‘lingan ekan.
Amerikalik reper XXXTentacion’ning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan to‘rt kishiga ayblov e’lon qilindi, deb xabar beradi «TASS».
Rossiya prezdenti Vladimir Putin Xelsinkida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda Donbassda referendum o‘tkazish taklifini bildirgan. Bu haqda Putin elchi va doimiy vakillar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
2018 yil 9 iyul kuni Jizzax viloyatining Yangiobod tumani, Ziyokor ko‘chasida yashovchi fuqaro N.Tursunboyev Bosh prokuraturaning «Ishonch telefoni»ga murojaat qilib, Yangiobod tuman IIB boshlig‘i I.Sulaymonov o‘g‘li S.Qurbonboyevni urib tan jarohati yetkazganligini bildirib, I.Sulaymonovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
Nukusda “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentning katta qizi Ivanka Trampdan farqli ravishda Tiffani Tramp (u Donaldning ikkinchi qizi) keng omma huzurida o‘zini oliynasab xonimlarday tutishga usta emas, deb xabar bermoqda Cosmopolitan.
Samarqand shahar markaziy shifoxonasida bir soatda 97 million so‘m kamomad aniqlandi. Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ellik to‘rtinchi sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ma’lum qildi.
2018 yil 3 aprel kuni soat 19:00 larda Oltiariq tumanida yashovchi sudlanuvchi X.B. o‘zining yashash uyi hojatxonasida sog‘lom qizaloqni dunyoga keltiradi.