21 iyul, shanba kuni Respublikaning barcha hududlarida qanday ob-havo kuzatilishiga oid ma’lumotlar bilan tanishing.
Toshkentda havo harorati kechasi +23...+25, kunduzi +39...+41 daraja issiq bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esib turadi.
Farg‘ona vodiysida havo bulutli bo‘lib, kechasi +22...+27, kunduzi +38...+43 daraja issiq bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand, viloyatlarida havo harorati kechasi +22...+27, kunduzi +38...+43 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi +22…+27, kunduzi +40…+45 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/s ga yetadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +23...+28, kunduzi +40...+45 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +25...+30, kunduzi +40...+45 daraja bo‘ladi.
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi +16...+21, kunduzi esa +30...+35 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, gidrometeorologiya xizmati 19-23 iyul kunlari mamlakatda havo harorati keskin isib ketishi haqida ma’lum qilgan edi.
Manba: qalampir.com