Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Mutaxassislar eng xavfli smartfon ilovalarini e’lon qilishdi

A A A
Mutaxassislar eng xavfli smartfon ilovalarini e’lon qilishdi

Appthority kompaniyasining kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislari korporativ mijozlarga tahdid qiluvchi eng xavfli mobil ilovalar ro‘yxatini e’lon qilishdi. Unga ko‘ra, iOS-qurilmalar uchun eng tahdidi yuqori bo‘lgan ilovalar WhatsApp hamda Facebook Messenger messenjerlari, shuningdek, Waze navigasiya dasturi ekan.

Shuningdek, Android tizimida ishlovchi devayslar uchun eng xavfli dasturlar antireytingida ham WhatsApp hamda Facebook Messenger ilovalari yetakchi. Uchinchi o‘rinda esa keng ommalashgan Telegram messenjeri turadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, Waze ham, Telegram ham xavfli ilovalar ro‘yxatidagi «kuchli uchlik»ka ilk bora kirishgan.

Facebook va WhatsApp messenjerlari xavflilik bo‘yicha 10 balldan 7 ball olishgan. Bu ko‘rsatkich shuni anglatadiki, bu ilovalar korxonalar bilan bog‘liq ma’lumotlarni serverlarga yuboradi, yoki bo‘lmasa, xavfsizlik siyosati talablariga mos kelmaydi. Masalan, reytingga kiritilgan servisning ko‘pchiligi smartfondagi kontaktlarni va SMS-xabarlarni serverga jo‘natib turadi, shuningdek, maxfiylikni ta’minlovchi HTTPS protokolini o‘chirib qo‘yadi.

Shuningdek, ma’lumotlar «sizib» chiqib ketmasligi uchun qaysi turdagi dasturlardan ehtiyot bo‘lish lozimligini ham ekspertlar aytib o‘tishgan. Bunday toifaga asosan messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar kliyentlari hamda onlayn tanishuv servislari kiradi.

Manba:terabayt.uz

Kiritildi: 15:39 20.07.2018. O'qildi: 1741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik