O‘zbekiston Tojikiston ta’lim va tibbiyot sohalarining rivojlanishiga e’tibor qaratmoqda.
Jumladan, So‘g‘d viloyatida yangi umumta’lim maktabini qurishni rejalashtirmoqda. Maktab Spitamen tumanida barpo etiladi. Bu haqdagi bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida imzolangan.
Qurilish rejasiga ko‘ra, maktab 630 o‘ringa mo‘ljallangan.
Tojikiston arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi Jamshi Ahmadzodaning ma’lum qilishicha, Xatlon viloyatining Qubodiyon tumanida 200 o‘rinli shifoxona qurilishi ham rejalashtirilgan.
Spitamen tumani ma’muriyati o‘zbekistonlik mutaxassislarga qurilish uchun bir nechta joy taklif etilgan. Ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Tojikiston Samarqand shahrida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab binosi qurishi haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, Tojikiston tomoni Farg‘ona viloyatida bitta maktabgacha tarbiya muassasasi qurishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti Imomali Raxmon avgust oyida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Manba: qalampir.uz