Xitoylik olimlar yoqilg‘isi tugagan sun’iy yo‘ldoshlarni orbita bo‘ylab tashish uchun kosmik apparat yaratmoqda. Shu tariqa mutaxassislar yo‘ldoshlarning xizmat qilish muddatini uzaytirishni ko‘zlamoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Turkiyada 2016 yilning 21 iyulida boshlagan va 3 oylik oraliqlar bilan 7 marta uzaytirilgan favqulodda holat nihoyasiga yetdi.
«Yuventus» klubi yangi mavsum uchun chiqarilgan abonementlarning barchasini sotishga muvaffaq bo‘ldi.
Misrlik olimlar qora Aleksandr sarkofagida uchta zararlangan mumiyani topdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov Parij Turizm akademiyasining hammuassisi va masofaviy ta’limni rivojlantirish direktori Klod Banvar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda "onlayn-ta’lim"ni tashkillashtirish va fransuz masofaviy ta’limini tatbiq etish masalasi muhokama etildi.
Hukumatning 2018 yil 17 iyuldagi qarori bilan Davlat boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Shu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot markazi rasman ma’lumot tarqatgan.
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tashabbusi bilan Andijon viloyatida «Armiya va yoshlar» aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda Qurbon hayiti 21 avgust sanasiga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Tatariston Respublikasi musulmonlari idorasi tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda islam-today.ru nashri xabar berdi.
Joriy yilda Fortune nashri talqiniga ko‘ra 40 yoshga to‘lmagan eng nufuzli odamlar ro‘yxatini tuzdi.
O‘zbekistonda tez orada halol standarti sertifikati beradigan tashkilot tuziladi.
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Google kompaniyasini 4,34 milliard yevro jarimaga tortgan Yevropa Ittifoqi AQShdan ustun keldi, biroq bu ustunlik uzoqqa cho‘zilmaydi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Kaliforniyada 1,4 million dollarga Serro Gordo shahri sotildi. Shaharning yangi egasi tashlandiq shaxtyorlar shaharchasini turistlar uchun jannatga aylantirmoqchi, deb yozmoqda news.ru.
....
...
...
...
Bosh prokuratura akademiyasi boshlig‘i boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Fransiya Milliy magistratlar maktabi taklifiga binoan Parijda ishchi safar bilan bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Odil Ahmedov, turon yakka kurashi bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olibi Nargiza Vahobxo‘jayeva hamda yana bir qancha aktyor va sportchilarning Toshkentda masjid qurish rejasi borligi haqida ma’lumot berilgan edi, deb yozadi O‘zA.
Toshkent hokimiyati tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, chet el investisiyalarini jalb qilish va davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi «Gazeta.uz».
Samarqand viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni muhokama qilish hamda vujudga kelgan salbiy vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida shu yilning 17 iyul kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Prezidenti devoni, Bosh prokuratura, viloyat hokimligi va ichki ishlar organlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda, vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.
O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Qirg‘iziston xavfsizlik, huquq-tartibot va qonunchilik sektorlarining xotin-qizlar assosiasiyasi delegasiyasi Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat zamonaviy jihozlangan, deb yozadi O‘zA.
Fransiya taraqqiyot agentligi yaqin 4 yil ichida O‘zbekistondagi loyihalarga 450 million yevro sarmoya kiritish niyatida. Bu haqda Fransiyaning mamlakatdagi elchixonasidagi manbaga tayanib, «Podrobno.uz» xabar berdi.
Hukumatning 17 iyuldagi qarori bilan Davlat boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Chet el va mahalliy sarmoyadorlarning investision takliflarini ochiq muhokama qilish uchun 19 iyul kuni International mehmonxonasining Cristal Ballroom konferens-zalida yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya va tog‘-kon sanoati masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.
Maktabgacha ta’lim vazirligida ishlovchi xodimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi.
Innovasion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov tahriri bilan dunyo ilmiy doiralarida katta nufuzga ega IntechOpen nashriyoti tomonidan ingliz tilida ikki monografiya chop etildi. Bu haqda «Daryo»ga Genomika va bioinformatika markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yaman shimolida 19 iyul, payshanba kuni Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya aviasiyasi zarbasi oqibatida sakkiz nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi, besh nafari jarohat oldi. Bu haqda Sa’d viloyati mahalliy hukumatidagi manbaga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
18 iyul kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi binosida Qirg‘iziston xotin-qizlar xavfsizligi, huquq va tartibot sohasida faoliyat olib boruvchi ayollar assosiasiyasi delegasiyasining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo»ga Xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qildi.