Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

4 ming dollar topib olgan farrosh pulni egasiga qaytarib berdi

4 ming dollar topib olgan farrosh pulni egasiga qaytarib berdi

Turkiyaning G‘oziyantep viloyati Shahidkomil tumani hokimligida farrosh bo‘lib ishlaydigan Mehmet Kochaslon zinalarni tozalayotib topib olgan bir dasta pulni egasiga qaytarib berdi.

“Anadolu” agentligi xabarida aytilishcha, pulning miqdori 20 ming liraga (taxminan 4150 AQSh dollari) teng edi.

Mehmet Kochaslon boshlig‘iga yirik miqdorda pul topib olganini aytgach, hokimlikning yordami bilan pulning egasi topildi – u hisobchi Ibrohim Boshqahramon bo‘lib chiqdi. 

Mehmet Kochaslonning bu yaxshiligi javobsiz qolmadi, hokimlik unga bir maosh miqdorida mukofot puli berdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 18:36 20.07.2018. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!