O‘zbekkonsert” davlat muassasasi noqonuniy (lisenziyasiz) faoliyat yuritayotgan xonandalarni ro‘yxatini e’lon qilib, ularga ogohlantirish berdi.
Hozirgi yoshlar, hatto ayrim erkaklar ham negadir soqol qo‘yishga va uni qalin qilib o‘stirishga judayam ruju qo‘yishganki, buni xuddi bir virusga o‘xshatish mumkin. Viruski hozircha shaharda, aniqrog‘i, poytaxtda tarqalgan yuqumli virus. Odatda, virus chekka-chekka bir hududlarda tarqalishni boshlab, keyin katta shaharlarga kirib keladi. Lekin O‘zbekistondagi bu virus katta shahardan paydo bo‘ldi...
Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan fuqaro M.Z. «qizil» yo‘lak orqali qiymati 62 mln so‘m bo‘lgan 413 gramm zargarlik buyumlarini bojxona deklarasiyasida qayd etmagan holda olib chiqib ketayotganda to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida 21 iyul kuni Toshkent viloyatida yashovchi E.I. «Matiz» rusumli avtomashinani Qoraqamish 2/3-dahasi oldida haydab ketayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyodalar F.X. va R.L. ismli ayollarni urib yuborgan.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida 20 iyul kuni ro‘y bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
«Real» 19 yoshli darvozabon Andrey Lunin bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda madridliklar «tvitter» sahifasi bergan xabarga ko‘ra, kelishuvni imzolashda klub prezidenti Florentino Peres ham ishtirok etgan.
Turkiya xavfsizlik kuchlari o‘tgan hafta ichida ayirmachi va terrorchi tashkilotlarga qarshi 1 ming 898 ta amaliyot o‘tkazgan. Natijada 26 jangari yo‘q qilinib, yana 6 tasi qo‘lga olingan.
«O‘zbekkino» Milliy agentligi, «Hujjatli filmlar kinostudiyasi» DUK rejissyor Murod Odilovning «Hayot qayig‘i» nomli hujjatli filmini taqdim etadi. Bu haqda «O‘zbekkino» MA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qarshi shahridagi markaziy istirohat bog‘i hududida barpo etilgan ASI park qashqadaryoliklarning eng sevimli dam olish maskaniga aylandi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.
XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuanning ma’lum qilishicha, Xitoy AQSh bilan savdo urushi olib borishga intilayotgani yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida 2018-2019 o‘quv yili uchun imtihon bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda yangi o‘quv yilida talabalar safiga qo‘shilish istagida bo‘lgan abituriyentlar imtihon topshirdilar.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Isroil qo‘shinining G‘arbiy sohil janubidagi Bayt Lahm shahri yaqinida joylashgan Dahiysha lageriga qilgan hujumi oqibatida bir bola shahid bo‘ldi va yana ikki kishi jarohatlandi.
Bugunga qadar yig‘ilgan ma’lumotlarga qaraganda, qizlar ko‘pincha 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan oraliqda sunnat qilinadi.
Bugun, 23 iyul kuni Isroil polisiyasi kuzatuvida 1336 nafar yahudiy radikal fanatlar Quddusdagi “Al-Aqso” masjidi hududiga kirishga uringan.
Savol Assalomu alaykum, men Ipoteka banki orqali uy, mashina sotib olsam bo‘ladimi?
2018 yilning 23 iyul kuni Toshkent shahrida «Markaziy Osiyo - AQSh» («S5+1») hamkorligi shaklining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Turkiya Haj ishlari boshqarmasi raisi Ramzi Birjon juma kuni Makkayi mukarramada Turkiya, Yevropa, Amerika va Avstraliya musulmonlari hojilariga rahbarlik qilish muassasasi kengashi raisi Usoma ibn Muhammad bilan turkiyalik 80 ming hojiga xizmat ko‘rsatishni muhokama qildi.
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi Amir Temur shohko‘chasida joylashgan Xalq bankining bosh binosiga ko‘chib o‘tdi.
Donald Tramp shu paytga qadar tergov idoralarining Rossiya 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashgani to‘g‘risidagi xulosalarini ma’qullab kelgan. Biroq endilikda Tramp barcha ayblovlarni uydirma deb atadi. Bu haqda Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozdi, deya «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Rossiyada besh yildan beri ilk bor kambag‘allar miqdori kamaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Trampda tashvishlanish uchun sabablar ko‘payib bormoqda: Xelsinki sammitidan so‘ng turlicha fikrlar, Rossiya aralashuvi atrofidagi surishtiruvlar, KXDR masalasi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishning yo‘qligi, deya ta’kidlaydi CNN telekanali.
Samarqanddagi maxsus maktab tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tarbiyachi va rahbariyat tizimli ravishda bolalarni kaltaklab, ruhiy bosim o‘tkazgani haqida ma’lum qildi.
Eronlik general G‘ulomhussayn G‘oybparvar AQSh prezidenti Donald Trampning Eron rahbariyatiga qaratilgan so‘zlarini «psixologik uslublar» deb atadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Shu yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari axborot xizmatlari tomonidan markaziy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida 3 ming 300 dan ortiq chiqishlar tashkil qilindi.
Markaziy Osyoda yagona, Qit’ada birinchi, dunyoda uchinchi o‘rinda turuvchi yosh sportchi Denis Ten vafot etdi.
Yaponiyada rekord darajada issiq ob-havo qayd etildi. Tarixda ilk bor mamlakatda havo harorati selsiy bo‘yicha 41,1 darajaga yetgan. Bu haqda “Kyodo” xabar bermoqda.
Ayni kunlarda Nigeriyada jodugar va afsungarlar banditlar hisobiga yashamoqda, boyib ketmoqda. Ammo firibning, baribir, bir kunmas bir kun misi chiqadi. Masalan, 26 yoshli firibgar jodugar dushman o‘qidan asrovchi tumor yasab, uni banditlarga sotmoqchi bo‘lgandi. Ammo...
Bugun dunyoning 30 dan ortiq davlatida Bolalar ombudsmani faoliyat yuritadi. Ularning asosiy vazifasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini qonunchilikka tatbiq etish, bolaning shaxsi, sha’ni, qadr-qimmati, huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasiga butun jamiyat va davlatni faol jalb etishdan iborat. O‘zbekistonda ham mazkur institutni joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deya xabar beradi «Xalq so‘zi».Bugun dunyoning 30 dan ortiq davlatida Bolalar ombudsmani faoliyat yuritadi. Ularning asosiy vazifasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini qonunchilikka tatbiq etish, bolaning shaxsi, sha’ni, qadr-qimmati, huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasiga butun jamiyat va davlatni faol jalb etishdan iborat. O‘zbekistonda ham mazkur institutni joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deya xabar beradi «Xalq so‘zi».
Kecha, 22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Anvar Abduhalimov Toshkentdan Maskat shahriga jo‘nab ketdi.
Rossiyada ishlab chiqarish to‘xtatilgan avtomobillar orasida xaridorlar eng ko‘p sog‘ingan modellar aniqlandi. Bu haqda «Car.ru» xabar bermoqda.