Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

41,1 daraja issiqda odamlar vafot etmoqda

A A A
41,1 daraja issiqda odamlar vafot etmoqda

Yaponiyada rekord darajada issiq ob-havo qayd etildi. Tarixda ilk bor mamlakatda havo harorati selsiy bo‘yicha 41,1 darajaga yetgan. Bu haqda “Kyodo” xabar bermoqda.

Bunday issiq Tokiodan uncha uzoq bo‘lmagan Kumagaya shahrida kuzatilgan. Ta’kidlanishicha, avvalgi rekord 2013 yilda Simanto shahrida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati +41 darajaga yetgan.

Yaponiyada kuzatilayotgan issiq havoda 40 nafar odam halok bo‘lgan, yuzlab odamlar shifoxonaga yotqizilgan. Taxminlarga ko‘ra, o‘ta issiq havo mamlakatda 26 iyulgacha saqlanib qoladi.

Ayni damda O‘zbekistonda ham kuchli issiq kuzatilmoqda. Mamlakatda o‘lim holati qayd etilmagan bo‘lsa-da, issiqdan tobi qochib, shifoxonaga murojaat qilayotganlar talaygina.

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 14:32 23.07.2018. O'qildi: 1746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik