Rossiyada besh yildan beri ilk bor kambag‘allar miqdori kamaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, 2017 yilda 19,3 million odam qashshoqlikda kun kechirgan. Bu 2016 yilga nisbatan 200 mingga kam.
Rossiya aholisining daromadi eng kam oylik ish haqiga yetmaydigan qismi 13,3 foizdan 13,2 foizga kamaygan. Bu ko‘rsatkich 2012 yildan beri ilk bor pasaygan.
Ma’lumot uchun, Rossiyada eng kam oylik ish haqi 10 088 rubl – 160 AQSh dollariga teng.
Manba: Qalampir.com