Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Lunin «Real» bilan shartnomaga imzo chekdi

A A A
Lunin «Real» bilan shartnomaga imzo chekdi

«Real» 19 yoshli darvozabon Andrey Lunin bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda madridliklar «tvitter» sahifasi bergan xabarga ko‘ra, kelishuvni imzolashda klub prezidenti Florentino Peres ham ishtirok etgan.

Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi ukrainalik posbon transferi haqida bundan bir oy ilgari – 22 iyun kuni e’lon qilgandi. 6 yilga mo‘ljallangan shartnoma bugundan kuchga kirdi.

Marca xabariga ko‘ra, «Real» Lunin uchun «Zare» klubiga 8,5 million yevro to‘lagan.

O‘tgan mavsumda darvozabon Lugansk klubi safida barcha musobaqalar doirasida 36 o‘yinda maydonga tushib, 54ta gol o‘tkazib yuborgan, 10ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgandi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 17:39 23.07.2018. O'qildi: 1754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik