Turkiya xavfsizlik kuchlari o‘tgan hafta ichida ayirmachi va terrorchi tashkilotlarga qarshi 1 ming 898 ta amaliyot o‘tkazgan. Natijada 26 jangari yo‘q qilinib, yana 6 tasi qo‘lga olingan.
Turkiya ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, bu haqda “Anado‘li” axborot agentligi xabar beradi.
Qayd etilishicha, rejali amaliyotlar chog‘ida umumiy hisobda 3 ming 883 nafar kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ulardan 439 nafari terrorchilikda gumon qilinmoqda. Qolganlar esa noqonuniy muhojirlik va giyohvand moddalar savdosiga aloqador shaxslardir. Xavfsizlik kuchlari shuningdek, terrorchilarga tegishli bo‘lgan 1 ming 10 dona o‘q-dori, 39 kilogramm portlovchi modda, 16 granata va 21 o‘qotar qurolni musodara qilgan.
Manba: uza.uz