Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Zulfiqor Musoqov: "O‘zbekiston tarixi" telekanalidan juda ranjidik...

Zulfiqor Musoqov: "O‘zbekiston tarixi" telekanalidan juda ranjidik...

Taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov o‘zining "Berlin-Oqqo‘rg‘on" filmida muhim kadrlarni "kesib tashlagan" O‘zbekiston tarixi kanalidan norozi ekanini ma’lum qildi. 

Bizni "BERLIN-OQQO‘RG‘ON" filmi ijodkorlarini yangi ochilgan "O‘zbekiston tarixi" kanaliga taklif qilishib, filmimizni tomoshabinlarga ko‘rsatishidan xursand bo‘luvdik. Lekin qaysi bir palid ablah odam qonunni buzib, davlat mulki bo‘lgan filmni efirda o‘zicha kesganidan juda ranjidik. Afsus, endigina vujudga kelgan yangi telekanal faolyatini bunaqa qing‘ir ishlar bilan boshlanishi juda jirkanch hol... Kesilgan epizodlarni badiiy ma’nosi yo‘q qilindi.

1. Kichkina Klaus fashist bayrog‘i taqilgan tortni Deborani uyiga olib kelishi.

2. Qo‘ziboy tog‘asining burdalanganini ko‘rish kadrlari.

3. Fashist bayrog‘i ostida birinchi bo‘sa. Axir biz o‘sha bayroqni tayerlashda qancha mexnatimiz ketgan edi.

4. Klaus va Debora kattaligida uxlashi.

5. Fashistlarni odamlarni o‘ldirish kadrlari va aynan barcha millatlarni, shu xisobda o‘zbeklarni xam, qirish haqidagi hujjatli kadrlar yo‘q.

Bu atayin qilingan juda jiddiy qo‘poruvchilik xatti xarakat deb tushundim va ertagayoq bu xaqda xoxlagan joyda bu ishni KIM QILGANINI talab kilaman va bizning xuquqimiz buzilgani haqida bildiraman. Juda xafa bo‘ldik...

Zulfiqor Musoqov

Kiritildi: 13:36 18.09.2019. O'qildi: 6200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!