Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Zuhriddin Qodirov Jahon kubogi kumush medali sohibi bo‘ldi

Zuhriddin Qodirov Jahon kubogi kumush medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tunisda bo‘lib o‘tayotgan Jahon kubogida ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli turnirda terma jamoamiz a’zosi Qodirov Zuhriddin eng shiddatli va murosasiz kechgan bellashuvlarda munosib bahs olib bordi.

Bellashuvlar davomida, chorak finalda Zuhriddin o‘z jamoadoshi Azizbek Dauletnazarovni bir ochko ustunlik bilan mag‘lub etdi. Yarim final bahsida esa vengriyalik sportchi Toth Bertalanni yengdi.

Afsuski, finalda Qodirov Ruminiya sportchisi Nitu Raduga 15:7 hisobi bilan bahsni boy berdi.

Shu tariqa sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan musobaqaning yakkalik bahslarida terma jamoamiz a’zosi Zuhriddin Qodirov kumush medalga ega chiqdi.

Kiritildi: 16:26 19.11.2023. O'qildi: 1571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!