Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Zomindagi sel bo‘yicha FVV bayonot berdi

Zomindagi sel bo‘yicha FVV bayonot berdi

2025 yil 12 iyun kuni Jizzax viloyati Zomin tumanining tog‘ va adirliklarida yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irlar natijasida “Shirin” MFY Yoyilma qishlog‘i, “Nihol” MFY, “Taraqqiyot” MFY Hulkar qishlog‘i va Turkman kishloqlarida sel oqimlari kuzatilgan.

Tog‘ va adirliklardagi jala yomg‘irlari oqibatida ba’zi hudularda 2-3 m3/s tezlikda sel oqqan. Hech qanday talofat kuzatilmagan.

Sel suvlari kelishi oqibatida ayrim avtomobil yo‘llariga tosh va shag‘al tushish holatlari kuzatilgan va zudlik bilan FVDT xizmatlarining shaxsiy tarkibi va muxandislik texnikalari yordamida yo‘llar tozalanib, avtomobillar harakati davom etmoqda.

Fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va chorva mollariga zarar yetmagan.

Hozirgi vaqtda FVDT xizmatlarining 10 ta maxsus texnikalari va 38 nafar shaxsiy tarkibi tomonidan sodir bo‘lgan sel oqimlari oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:40 12.06.2025. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!