Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ziyoratgohdagi bid’at ish — suvga tanga tashlash!

Ziyoratgohdagi bid’at ish — suvga tanga tashlash!

Bir kishi: “Ziyoratgohdagi hovuz va buloqlarga tanga tashlasak, nima bo‘ladi?“, deb savol berdi.

Men: “Tanga zanglab, muomaladan chiqadi“, deb javob berdim. Siz-chi?

Men ko‘p suhbat va ma’ruzalarimda aytamanki, bugun insoniyat ko‘kka, oyga chiqayapti, uyda o‘tirib butun jahonda sodir bo‘layotgan voqealarni ko‘rayapti. Qo‘lidagi mitti telefon orqali jahonning istalgan joyi bilan gaplashyati-yu, xurofot va bid’atlardan voz kecholmayapti. Yozda bir ziyoratgohni o‘rgangani bordim. U yerning shayxlaridan biri: “Agar buloq suviga tanga tashlanilsa, xudo farzand beradi“, dedi. Men: “Unaqa bo‘lsa, odamlar oila qurib nima qiladi? Bu yerga kelib suvga tanga tashlansa bo‘ldi ekan-ku! Shuncha xarajat, to‘y, tashvish nimaga kerak?“  desam, “Unday emas. Men farzand ko‘rolmayotganlarni nazarda tutyapman“, deb norozi ohangda javob qildi. 

“Shunday bo‘lsa, dunyoda ming-minglab farzand ko‘rmaganlar bor, keling e’lon beraylik. Aytaylik, hammasi tangalarini ko‘tarib kelsin, hammasini tug‘dirib yuborasizlar“, dedim kesatiq ohangda. So‘ngra ularga shar’iy ahkomlarni tushuntirdik. Ishonasizmi, shu payt ziyoratgohning boshqa shayxlari bizlarga: “Hujjatlaringizni ko‘rsating siz kimsiz, tekshirishga nima haqqingiz bor? Tegishli joylarga murojat qilamiz, bu yerning nazorati Toshkentning kazo-kazolarining qo‘lida“, deb siyosat qilib ketdi. Qarasak, ahvol chatoq: “Uzr, biz bu yerga ziyoratga keldik, tekshirgani emas va qanday hosiyatlari borligini so‘rayapmiz yoki ziyorat qilib, tarixini o‘rganish, so‘rash jinoyatmi?“, degandik, jimib qolidi. Aylanib yursak, bir guruh rossiyalik mehmonlarga ham suvga tanga tashlashni gapirishayapdi. Ular suvga ancha tanga tashlashdi.

Ichidan bir keksarog‘i buloqqa kirib, (suv juda chuqur emas, tizzadan keladi) olib chiqqan tangasini ko‘rsatib turgandi: “Pozdravlyayu vas skoro u vas budet rebenok“, desam, menga qarab: “Chto shutite? Menya bolshe pyatdesyat, u menya stolka vnukov“, deb qoldi. Shayxga qarab: “Bu suv faqat yoshlarni tug‘diradi“, deb aytmaysizmi, desam hijolatdan yerga qaradi. Ha, biz dunyoviy ilmda ko‘kka chiqib, diniy ilmda pastlab ketganimiz bois hali ham xurofot bid’atlarga ishonib, johillarning ishini qilib ahli ilmni tinglamaymiz. Nafaqat tinglamaymiz, balki goho yaxshilab jazolab, johil shayxlarning so‘zlarini ma’qullab qo‘yamiz. Shayxlarni ilm ahliga tezlab, sharmanda qiladiganlar ham bor. Ayniqsa shayxlar bir narsani bilib ushlab olishgan: “Siz terrorist, vahhobiysiz“. Go‘yo terroristlar ziyoratgohga qarshiyu, portlatib shayxlarni o‘ldirib yuborishadi. Islom emas, vahhobiylar ziyoratgohga qarshi, degan tushuncha miyamizga singib ketgan. Bunga zarur chora dinni chuqur va to‘g‘ri o‘rganish aslida.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 05:15 25.01.2020. O'qildi: 2097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!