Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Zinedin Zidan qaysi klubda o‘ynash nasib etmaganidan afsuslanishini aytdi

Zinedin Zidan qaysi klubda o‘ynash nasib etmaganidan afsuslanishini aytdi

Afsonaviy fransuz yarim himoyachisi va murabbiyi Zinedin Zidan faoliyati davomida o‘ynamagani uchun afsuslanadigan klubni ma’lum qildi. U Liga 1ning mashhur jamoasi – «Marsel»ni alohida ta’kidladi.

— «Marsel» hozir yaxshi formada. Men bu yerda o‘ynamaganman, ammo bu mening xohishlarimdan biri edi, afsuski, u amalga oshmadi. Ularning stadioniga tashrif buyurganimda, infratuzilmasi bilan tanishganimda, bu rostdan ham ulkan klub ekanini angladim. Bu yerda juda ko‘p qiziqarli narsalar bor, — dedi Zidan Give Me Sport nashriga.

Qayd etish kerakki, Zidan aynan Fransiyaning Marsel shahrida tavallud topgan. Shuningdek, Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham ham Zidan haqida fikr bildirib, uni milliy jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rsatgan edi. Desham 2026 yilda terma jamoani tark etish qarorini e’lon qilgan.

Kiritildi: 22:24 16.02.2025. O'qildi: 1496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!