Zimbabve shimolidagi Chegutu shahrida qulagan shaxta vayronalari ostida kamida olti kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi qolmoqda.
Bu haqda mamlakat radioyeshittirish korporasiyasiga (ZBC) tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qulash sabablari haqida xabar berilmagan.
Qutqaruvchilar kondan odamlarni olib chiqish operasiyasini davom ettirmoqda.