Pokistonning Karachi shahridagi Malir tumani qamoqxonasidan kichik zilzila paytida evakuasiya qilingan 200 dan ortiq mahbus qochib ketdi.
Bu haqda Pokiston OAVlari mahalliy polisiyaga tayanib xabar berdi.
Xabar qilinishicha, polisiya hududni o‘rab olgan, natijada 78 mahbus qo‘lga olingan, otishmada bir kishi halok bo‘lgan. Uch nafar xavfsizlik xodimi yaralangan.
Voqea dushanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Hammasi bo‘lib 2000 ga yaqin mahbus evakuasiya qilingan, ulardan 213 nafari qochishga muvaffaq bo‘lgan.