Hindiston armiyasi Pokiston bilan ziddiyatning kuchayishi fonida zaxiradagi harbiylar safarbar etilishini e’lon qildi.
Press Trust of India'ning xabar berishicha, hukumat armiya bosh qo‘mondoniga barcha zobit va xizmatga chaqiriluvchilarni mudofaa muassasalarini qo‘riqlash yoki muntazam qo‘shinlarga yordam berish maqsadida safarbar qilish vakolatini bergan.