Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Luka Modrich va Lukas Vaskesning tez orada klubni tark etishi haqida fikr bildirdi.
Xorvatiyalik xavbek va ispaniyalik o‘ng qanot himoyachisi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
"Luka, sen bilan yo‘llarimiz tutashganidan baxtiyorman, bu lahzalarni sen bilan baham ko‘rganimdan xursandman. Qanday futbolchisan-a! Rahmat," - deb yozdi Zidan ijtimoiy tarmoqda Modrichga murojaat qilib.
"Ajoyib futbolchi va o‘z ishiga sodiq bo‘lgan haqiqiy professional. "Real"dagi ertaging bilan tabriklayman, Lukas!" - deya Vaskesga yuzlandi "qaymoqranglilar"ning sobiq ustozi.