Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Zelenskiyning Polshadagi harakati Fransiyani xavotirga soldi

Zelenskiyning Polshadagi harakati Fransiyani xavotirga soldi

Vladimir Zelenskiyning Ukraina havo hududida Rossiya raketalarini urib tushirishni nazarda tutuvchi Polsha bilan kelishuvi global urushni qo‘zg‘atmoqda, deya fransuz siyosatchisi Florian Filippo xabar berdi.

Ayni paytda Ukraina mojarosi Zelenskiyning Polsha bilan tuzgan aql bovar qilmaydigan kelishuvi tufayli yana ham global mojaroga aylanib bormoqda. Bugun Varshavada imzolangan xavfsizlik shartnomasi Polsha harbiylariga Ukraina havo hududida rus raketalari va dronlarini urib tushirishga imkon beradi, deb yozgan fransiyalik siyosatchi.

Filipponing fikricha, Varshava shu tariqa Moskva bilan qurolli qarama-qarshilikka kirishmoqda. U bu “jinnilik”ni zudlik bilan tugatishga chaqirgan.

Bir kun avval Polsha va Ukraina o‘zaro xavfsizlik bo‘yicha yangi shartnoma imzolagan edi. Kiyev rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina havo hududida raketalarni tutib olish mexanizmini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Shimoliy Atlantika alyansi aslida Kiyev rejimi tomonida kurashayotganini ta’kidlagan edi.

Bunday mas’uliyatsiz chiziq yadroviy davlatlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv xavfini sezilarli darajada oshiradi, deya ogohlantirgan edi Lavrov.

Kiritildi: 07:23 09.07.2024. O'qildi: 1888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!