Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Yuliya Sviridenkoni Ukraina Bosh vaziri etib tayinlashni taklif qildi

Zelenskiy Yuliya Sviridenkoni Ukraina Bosh vaziri etib tayinlashni taklif qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat vise-premyeri Yuliya Sviridenkoni Ukraina Bosh vaziri lavozimiga tayinlashni taklif qildi. Bu haqda u o‘zining Telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.

«Men Yuliya Sviridenkoni Ukraina hukumatini boshqarish va uning faoliyatini jiddiy yangilash taklifini berdim. Yangi hukumatning harakatlar dasturini yaqin vaqtda taqdim etilishini kutaman», — deb yozdi Zelenskiy.

Davlat rahbari, shuningdek, Sviridenko bilan uchrashuv o‘tkazganini va unda Ukraina tiklanishi bo‘yicha yaqinda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada yevropalik va amerikalik hamkorlar bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilinganini ta’kidladi.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda Ukraina iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish va mamlakatda qurol ishlab chiqarishni oshirishga doir aniq chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqildi.

«Shu maqsadda Ukrainada ijro hokimiyati tizimini transformasiya qilishni boshlayapmiz. Men Yuliya Sviridenkoni Ukraina Bosh vaziri etib tayinlash va hukumat faoliyatini sezilarli darajada yangilash taklifini berdim. Yaqin kunlarda yangi hukumat dasturini kutaman», — deya qayd etdi Zelenskiy.

Kiritildi: 18:31 14.07.2025. O'qildi: 1278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!