Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanba kuni Rim papasi Lev XIV bilan uchrashuvida Vatikanning Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi bevosita muzokaralar uchun maydon bo‘lishga tayyorligini minnatdorchilik bilan qabul qildi hamda haqiqiy natijalar yo‘lida har qanday shaklda muloqotga kirishishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Zelenskiy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni yakunlashda "Muqaddas taxtning nufuzi va ovozi muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligini" ta’kidladi.
"Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar uchun maydon bo‘lishga tayyorligi uchun Vatikanga tashakkur bildiraman. Biz haqiqiy natijalar yo‘lida har qanday shakldagi muloqotga tayyormiz," - deya yozdi Ukraina rahbari.