Zelenskiy yil oxirigacha Rossiyaning harbiy sanoati bilan hamkorlik qilayotgan Xitoy fuqarolariga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi.
Bu haqda “Strana” nashri xabar bermoqda.
Ukraina prezidenti, shuningdek, Rossiya agressiyasini oqlaydigan va ommaviy madaniyat vositalari orqali Moskva ta’sirini targ‘ib qiladigan shaxslar, hamda sportdagi faoliyati va sportga bo‘lgan jamoatchilik e’tiboridan Rossiyaning bosqinchilik siyosatini ulug‘lash uchun foydalanayotgan sportchilarga nisbatan ham sanksiyalar qo‘llanishini bildirdi.